Rossiya - Eron uchrashuvi o‘tkazilishi so‘roq ostida qoldi

  • Mr.NoBoDy 16.06.2025 16:44
  • 60
  • 30

Rossiya va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini Osiyo davlatidagi notinch vaziyat tufayli o‘tkazilmasligi mumkin.

Sport24'ga ma’lum bo‘lishicha, Eron futbol federasiyasining ko‘plab vakillari boshqa sport tuzilmalari xodimlari kabi mamlakatni tark etishni boshlagan. Qayd etilishicha, Rossiya va Eron terma jamoalari o‘rtasida hali o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha rasmiy imzolangan hujjatlar yo‘q, shu sababli hozirgi vaziyat fonida 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv umuman o‘tkazilmasligi mumkin.

Rossiya terma jamoasi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinini 10 iyun kuni Belarusga qarshi o‘tkazgandi. Bellashuv Karpin jamoasining yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar