Bu haqda jurnalist Yagiz Sabuncuog'lu xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Istanbul klubi rahbariyati futbolchiga allaqachon taklif bilan chiqqan. Qayd etilishicha, Uoker kamida ikki yillik shartnomaga ega bo'lmoqchi. Agar himoyachi “Fenerbaxche“ bilan kelishuvga erishsa, “Manchester Siti“ uni tekinga qo'yib yuborishga tayyor. Turk klubi allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokara olib bormoqda.
O'tgan mavsumda Uoker “Milan“da ijara asosida o'ynadi. Angliyalik futbolchi barcha turnirlarda “rossoneri”ning 14 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Futbolchining “Manchester Siti“ bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.