"Shaharliklar" 29 yoshli britaniyalikni sotishdan taxminan 50 million funt ishlab olishmoqchi. Hozircha xavbek bo'yicha takliflar bo'lmadi. Variantlar orasida ijara ham ko'rib chiqilmoqda. Avvalroq futbolchiga "Napoli", "Everton" va "Bayer" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Manchester Siti" Grilishni 15 iyun kuni AQSHda boshlanadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati qaydnomasiga kiritmadi.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.