"Lokomotiv", "Olimpik" jamoalaridagi faoliyati bilan tanilgan o'zbekistonlik murabbiy Denis Korostichenko Moskvaning CSKA klubi yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida ish boshladi. Malumot uchun, bu jamoani asli o'zbekistonlik hisoblangan Dmitriy Igdisamov boshqarmoqda.
Korostichenko joriy yil boshida "Bunyodkor-Farm" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning qo'l ostida "qaldirg'ochlar" Birinchi ligada 7 ta o'yinda 3 g'alaba, 4 durang, 13 ochko bilan markaziy mintaqada peshqadam bo'lib turgandi.