Eshitdik-da! "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng Ilyos Zeytullaev istefoga chiqarilishi mumkin. Rahbariyat ham o'zgaradi

  • Mr.NoBoDy 14.06.2025 16:00
  • 72
  • 30

Jahon chempionati tantanasini Shimoliy Amerika qitasida yana davom ettiramiz.

Hozircha malum vaqt etiborni Superligaga qaratishga chorlab qolamiz. FIFA kunlaridagi tanaffusda jamoalarimizda o'zgarishlar shamoli esishni boshladi. Xabaringiz bor, "Bunyodkor" jamoasi sport direktori Islom Inomov klubdan istefoga chiqarildi. Malumotlarga qaraganda, Inomov ortidan bosh murabbiy Ilyos Zeytullaevga ham chiqish eshiklari ko'rsatilishi kutilmoqda. Bugun "qaldirg'ochlar" "Paxtakor"ga mag'lub bo'lgan taqdirdagina ushbu o'zgarishlar yuz beradi. Bundan tashqari bosh direktor lavozimiga akademiyada faoliyat yuritib kelayotgan, bungacha "Metallurg"da uzoq yillar ishlagan Shavkat Saidov, sport direktorligiga Roman Chernikov tayinlanadi. Jamoani boshqa murabbiy qabul qilib oladi, lekin u kimligi hozircha nomalum.

Malumot uchun, Inomov va Zeytullaev tandemi o'tgan yili "Bunyodkor"ni qiyin vaziyatda Superligada olib qolishga erishgan, jamoa ko'rsatayotgan o'yin barchaga manzur kelgandi. Joriy yilda ham jamoa yomon ishtirok etayotgani yo'q. Etakchilar "Neftchi", "Nasaf", OKMKdan ochko olishga muvaffaq bo'ldi.

Aftidan, klub tepasidagilar avvalgi voqealardan etarlicha xulosa chiqarishmagan ko'rinadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar