"Sho'rtan" oxirgi bor Olmaliqda qachon g'alaba qozongan?

  • Mr.NoBoDy 14.06.2025 17:40
  • 111
  • 30

G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi Superliganing 12-turida Olmaliqda OKMK mehmoni bo'ladi.

Jamoalar shu kungacha elita doirasida 18 marotaba to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlarning 8 tasida OKMK, 5 tasida "Sho'rtan" g'alabani nishonlagan. 5 ta uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. G'uzorliklar Olmaliqdagi yagona va oxirgi g'alabasini 2012 yilgi mavsumda qo'lga kiritgan. Ikki jamoa bugun Superligada 8 yildan so'ng uchrashadi. 

Superliga-2012. 21-tur. 

29.09.2012. Olmaliq, OKMK stadioni

OKMK - "Sho'rtan" 2:3

Gollar: Nosir Otaqo'ziev 89, Zohir Pirimov 90 - Botir Qodirqulov 8, Farhod Tojiev 54, Igor Taran 84

OKMK: Roman Abdulov, Darko Stanoevich, Evgeniy Gogol, Farruh Nurliboev, Azamat Isroilov, Doston Abdurahmonov, Zohir Pirimov, Isroil Ergashev, Oleg Zoteev, Timur Ayzatulov, Zafar Polvonov

Zaxira: Suhrob Berdiev, Aleksandr Vostrikov, Nosir Otaqo'ziev, Bahrom Yuldashev, Marum Muradov, Pavel Xarchik, Zafar To'raev

"Sho'rtan": Mixail Naumov, Asror Aliqulov, Vadim Afonin, Vyacheslav Ponamaryov, Hamza Karimov, Aleksandr Merzlyakov, Laziz Ubaydullaev, Farhod Tojiev, Botir Qodirqulov, Patrik Agbo 

Zaxira: Obid Jo'raboev, Viktor Klishin, Abbos Amonov, Aleksandr Korneychuk, Ilnur Xazigaliev, Yaroslav Krushelnickiy, Elyor Intizomov

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar