Akmal Rustamov: "Yigitlarning barchasiga rahmat aytaman, ular bor kuchi bilan harakat qilishmoqda"

  • Mr.NoBoDy 29.06.2025 00:40
  • 36
  • 30

Superliganing 14-turi doirasida "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin "Qizilqum" murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida qatnashdi.

- "Andijon" bilan o'yindan keyin jamoamizni "Neftchi"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshladik. "Neftchi" - O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri, tarkibi shakllangan yulduzli futbolchilardan iborat. Taktika tomonidan ham o'zgarishlar qilgandik. Bunday o'yinlar bitta golgacha bo'lishi mumkin edi. Raqib o'z vaziyatidan foydalandi, biz ham raqibga javob qaytarishga muvaffaq bo'ldik. Yigitlarning barchasiga rahmat aytaman, ular bor kuchi bilan harakat qilishmoqda. Birinchi davraning so'nggi o'yinini G'uzorda o'tkazamiz va u erda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Bugun butun o'yin davomida hujumlar faqatgina chap qanotdan uyushtirildi. Nima, tarkibingizda o'ng qanotda munosib futbolchilar yo'qmi?

- To'g'ri, chap qanotimiz kuchli. Taktikani ham aynan chap qanotdagi hujumlar orqali tashkillashtiryapmiz. Hujumga chiqqanda 4 himoyachi qolishi kerak, o'ng qanot himoyachimiz esa ko'proq himoyada o'ynashi kerak edi. Raqib o'ng qanotdan hujumga o'tganida chap qanot himoyachimiz ham himoyaga yordamga keladi. Bu taktikamiz hali o'z natijasini beradi.

- Alen Mashovich nega qaydnomaga kirmay qo'ydi? Umuman olganda tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?

- Mashovichning 1 oydan beri jarohati bor, u tiklanishni davom ettiryapti. O'z holatiga qaytganidan keyin uni maydonda ko'ramiz. Tarkibda o'zgarishlar bo'ladi. Chiziqlarni kuchaytirishimiz kerak. Ikkinchi davrada yaxshi natijalar ko'rsatamiz degan umiddaman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar