Superliga. OKMK o'z maydonida nursiz durang qayd etdi

  • Mr.NoBoDy 14.06.2025 22:00
  • 69
  • 30

Superliga 12-turidan o'rin olgan OKMK – "Sho'rtan" bahsi yakunlandi.

Superliga

12-tur

OKMK – "Sho'rtan" 0:0  

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 20:00

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maksudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Salohiddin Akramov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Xayriniso Erkinova

Komissar: Adelya Kurmaeva

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 2.Akramjon Komilov (19.Ahmadullo Muqumjonov, 64), 4.Mirjamol Qosimov (28.Arixiro Sentoku, 64), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 8.Aziz Xolmurodov (27.Ali Abdurahmonov, 73), 10.Xurshid G'iyosov, 11.Ruben Sanches, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev (5.Giorgi Papava, 64), 77.Nodirbek Abdurazzoqov (99.Asadbek Sobirjonov, 69).

 Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 13.Eldorbek Begimov, 16.Naoki Senaga, 30.Abror Sarimsoqov.

"Sho'rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 3.Shoxjahon Sultonmurodov, 4.Ulug'bek Xudayberdiev, 6.Sirojiddin Qo'ziev, 10.Temur Mamasidiqov (14.Abrorbek Toshqo'ziev, 84), 19.Nuriddin Hasanov (77.Asadbek Saitxonov, 69), 22.Sardor Sadullaev (8.Shahboz Nuriddinov, 69), 24.Doniyorjon Narzullaev (99.Komron Saydazimov, 69), 33.Bekjon Rahmatov, 45.G'anisher Qodirov (17.Javohir Hasanov, 46), 55.Azizbek Pirmuhammadov.

Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 7.Bekzod Suvonov, 21.Murodxo'ja Jabborov, 70.Mirjalol Jumaev.

Ogohlantirishlar: Ruben Sanches (27), Sardor Sadullaev (28), Akramjon Komilov (62), Asadbek Saitxonov (90+3).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. Saitxonov foldan so'ng to'pni tepib yuborgani uchun sariq kartochka oldi. 

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shildi. 

88. Uuux! Sal avval zaxiradan tushgan Toshqo'ziev chap qanotdan yorib kirib, darvozani nishonga oldi, Ilyosov xavfni bartaraf etdi! 

84. "Sho'rtan"da o'zgarish: Mamasidiqov o'rniga Toshqo'ziev uchrashuvni davom ettiradi. 

83. Uuux! G'iyosov darvozabonna aldadi, ammo zarbasi himoyachi tomonidan qaytarildi. Shundan so'ng Abdurahmonov chap oyoqda zarba berib ko'rdi, u ham himoyachiga tegib qaytdi. So'ngra Xudayberdiev bosh bilan to'pni darvozabonga uzatdi va posbon to'pni maydon tashqarisiga chiqarib tashladi. 

81. Zarbaaa! Mamasidiqovning qulay pasidan so'ng Nuriddinov darvozaga aniq zarba yo'lladi, to'pni Ilyosov urib yubordi. 

80. Zarba! OKMK vakili Muqumjonov katta tezlikda oldinga borib, G'iyosovdan pas qabul qilib oldi va to'xtatib o'tirmasdan zarba yo'lladi, noaniq. 

76. Bugungi bellashuvni 1105 nafar tomoshabin arenadan kuzatayotgani elon qilindi. 

73. Zarbaaa! Papavaning yaqin masofadan bergan zarbasini Eshbo'taev qaytarishga erishdi. 

73. OKMKda navbatdagi o'zgarish: Xolmurodov o'rniga Abdurahmonov o'yinni tugatib qo'yadi. 

72. Olmaliqlik muxlislar jamoani faollikka chorlab, oldinga borishga chaqirmoqda. 

69. OKMKda almashtirish: Abdurazzoqov o'rniga Sobirjonov maydonga tushdi. 

69. "Sho'rtan"da 3 ta o'zgarish: Narzullaev o'rniga Saydazimov, Hasanov o'rniga Saitxonov, Sadullaev o'rniga Nuriddinov o'yinni davom ettiradi. 

65. Zarba! Temur Mamasidiqov to'pni o'ziga to'g'rilab, darvozani nishonga olishga urindi, ammo to'p himoyachilarga tegib qoldi. 

64. OKMKda 3 ta almashtirish: To'xtaxo'jaev o'rniga Papava, Komilov o'rniga Muqumjonov, Qosimov o'rniga Sentoku tushdi. 

62. Sadullaevni yiqitib, taktik folga qo'l urgan Akramjon Komilov ogohlantirildi. 

59. To'xtaxo'jaev Hasanov bilan to'qnashib ketdi, tajribali himoyachida tibbiy yordamga zarurat tug'ildi.  

57. Islom To'xtaxo'jaevning yaxshi o'ylangan uzun pasidan so'ng to'pga Xolmurodov emas, g'uzorliklar posboni Eshbo'taev ega chiqdi.  

54. Vauuu! Sardor Sadullaev Xurshid G'iyosovga kelayotgan to'pni so'nggi pallada maydon tashqarisiga tepib yubordi, Xolmurodov ichkariga yorib kirib, sherigini pas bilan taminlamoqchi bo'lgandi. 

51. Zarba! Ruben Sanchesning uzoqdan bergan mohirona zarbasini Shoxruhjon Eshbo'taev bartaraf etdi. Chiroyli seyv! 

50. Uuuux! Ahmadalievning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Xolmurodov bosh bilan zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni oldidan o'tdi...

48. Zarba! Mirjamol Qosimovning chap oyoqdagi zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydondan chiqib ketdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Sho'rtan"da o'zgarish: Qodirov o'rniga Hasanov bahsni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Mamasidiqovning trivela uslubidagi uzatmasidan keyin Javohir Ilyosov to'pni ushlab oldi. 

41. Zarba! Komilovning pasidan so'ng Abdurazzoqov erlatib zarba berdi, ammo bu darvozabonga hech qanday xavf solmadi.

38. Zarba! Rustamovdan kelgan havodagi to'pni G'iyosov to'g'ri darvozaga yo'lladi, zarba aniq bordi, ammo Eshbo'taevga qiyinchilik tug'dirmadi. 

36. "Sho'rtan" unchalik ko'p hujum uyushtirmayotgan bo'lsa-da, mustahkam himoyalanmoqda. 

33. Uuuux! Xurshid G'iyosoooov! Olmaliqliklar vingerining chamasi 14 metrdan bergan kuchli zarbasi darvoza to'sinini titratdi!   

31. O'ng qanotdan oldinga intilib, ichkariga kirib borayotgan Ahmadaliev so'nggi pallada himoyachilar tomonidan to'xtatib qolindi. 

28. Komilovga nisbatan qo'pol harakat qilgan Sadullaev sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

27. Xato tufayli to'pni yo'qotgan Ruben Sanches uni qaytarib olish ilinjida tashlandi va raqibning oyog'iga zarba berdi. Hakam ispaniyalik futbolchiga sariq kartochka berdi.  

25. Zarba! Bekjon Rahmatovning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p rikoshet orqali maydonni tark etdi. 

23. Zarba! Ruben Sanchesning jarima zarbasi orqali yo'llagan zarbasi yana manzilga qadar etib bormadi va jonli devorga tegdi. 

20. Zarba! Qosimovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin darvozabon to'pni musht bilan urib yubordi. 

18. Zarba! Azizbek Pirmuhammadovning jarimadan bergan zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi. 

16. O'ziga xos fint orqali o'ng qanot orqali yorib kirayotgan Narzullaev Komilov tomonidan qo'pollik evaziga to'xtatildi.

11. Zarba! Oybek Rustamovning olisdan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

9. Dilshodbek Ahmadaliev o'ng qanotdan oldinga borib, to'pni maydonda saqlab qololmadi. Hozircha aytarli vaziyatlar yuzaga kelmadi. 

7. Akramjon Komilov chap qanotda ancha faol o'yin nanmoyish etmoqda.

4. Zarba! Mirjamol Qosimovning chap qanotdan jarima zarbasi orqali tepgan to'pi zarbaga aylanib ketdi.  

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar