"Men "Manchester Siti"ga De Bryuynening o'rnini bosish uchun emas, o'z futbolimni o'ynash uchun kelganman. Ammo, men turli futbolchilarning o'yinini tahlil qilaman va ulardan eng yaxshi o'ynaydiganlarini o'zlashtiraman. Kevin De Bryuynening maydondagi vaziyatni baholashi va uzatmalarni amalga oshirishi menga yoqadi", - dedi Reynders.
Reyndersning "Milan"dan ko'chib o'tishi 11 iyun kuni elon qilingandi. "Manchester Siti" APL 2024/25 yilgi mavsumida uchinchi o'rinni egalladi.