Immobile A Seriyaga qaytadimi?

  • Mr.NoBoDy 14.06.2025 22:08
  • 66
  • 30

Chiro Immobile Italiyaga qaytishi mumkin.

"Fiorentina" Moyze Kin ketadigan bo'lsa, uning o'rniga hujumchi qidirmoqda. "Beshiktosh"da o'ynayotgan Immobile asosiy variant sifatida ko'rilmoqda, ammo muqobil variantlar ham bor: Edin Jeko ("Fenerbaxche"ni erkin agent sifatida tark etgan), Fotis Ioannidis ("Panatinaikos") va Kristian Shpendi ("Chezena").

Immobile uchun kurashda "Fiorentina"ga "Milan" raqiblik qiladi. Futbolchining agenti o'tgan kuni ham "rossonerilar" bazasiga tashrif buyurgandi.

Qayd etilishicha, milanliklardan o'zib ketishga uringan "binafshalar" allaqachon 35 yoshli hujumchiga ikki yillik shartnoma taklif qilgan.

Immobile 2024/25 yilgi mavsum Turkiya chempionatida 15 ta gol urdi va "Beshiktosh"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar