"Atletiko" "Liverpul" 31 yoshli futbolchini tekinga yoki ramziy summa evaziga qo'yib yuborishiga umid qilmoqda. Robertsonning "Liverpul" bilan shartnomasi 12 oydan keyin yakunlanadi. Futbolchining o'zi transferga qiziqish bildirmoqda va faoliyatini Madridda davom ettirmoqchi.
Avvalroq, "Real" "Liverpul"ning yana bir himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni sotib olgan edi. O'ng qanot himoyachisining "Liverpul" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etishi kerak edi, "Real" esa ingliz mehnat shartnomasi tugashiga bir oy qolganda jamoani tark etishi uchun 10 million evro to'ladi.