Mirjalol Qosimov: "Bugungi o'yinga baho – 2"

  • Mr.NoBoDy 15.06.2025 00:16
  • 108
  • 30

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Sho'rtan"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"Bugungi o'yinga katta ikki baho qo'yaman. Sababi futbolni aldab bo'lmaydi. Turnir jadvalida ahamiyat bermasdan har bir o'yinga jiddiy qarash kerak. Yodingizda bo'lsa, bundan avvalgi o'yinlarda ortiqcha tayyorgarliksiz maydonga chiqib, o'yinni o'z tarafimizga og'dirgandik. Lekin bu gal unday bo'lmadi. Shu bois 1-daqiqadan o'ynash kerak.

Bundan tashqari, natijaga boshqa sabablar ham bor. FIFA kunlaridagi tanaffus foydamizga ishlamadi. Qolaversa, yoshlarimiz Franciyaga borib keldi. To'xtaxo'jaev milliy terma jamoaga chaqirildi. Shu bois futbolni aldab bo'lmaydi. Ikkinchi bo'limda vaziyatlar yaratishga harakat qildik, ammo unumli foydalana olmadik.

Fursatdan foydalanib, milliy terma jamoamizning har bir azosini, O'FA masullarini tabriklayman. Sababi, tarixiy natijaga erishildi. Buyog'iga ham omad tilayman", – dedi Qosimov.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar