"Inter Mayami" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ilk o‘yinida Qohiraning "Al-Ahli" klubi bilan durang o‘ynadi - 0:0. Ochilish o‘yinlari "Xard Rok Stedium"da bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida "Al-Ahli" yarim himoyachisi Trezege penaltidan unumli foydalana olmadi.
"Inter Mayami" navbatdagi o‘yinini 19 iyun kuni "Portu"ga qarshi o‘tkazsa, "Al Ahli" shu kuni "Palmeyras" bilan kuch sinashadi.