- Bugungi o'yin qanday taassurot qoldirdi?
- Kam sonli imkoniyatlar yaratdik va ulardan foydalana olmadik. Lekin ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz evaziga g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Balki o'yin darajasida sifat etishmagandir. Bunga ochiq o'yin namoyish etganimiz sabab bo'lishi mumkin. Gol o'tkazib yuborishimizga ham sifatli himoyalana olmaganimiz tasir qildi.
- "Bunyodkor" mavsumni yaxshi boshlagandi. Biroq so'nggi o'yinlardagi natijalar klub muxlislarini xafa qilmoqda. Bunga sabab nimada?
- Bilasizmi, buning sababini o'zimiz ham qidiryapmiz. Bu ham bir tajriba. Hozir shunday davrni boshdan kechiryapmizki, g'alaba qozonish qiyin bo'lyapti. Ko'p mag'lubiyatga uchraganmiz yo'q, shunchaki g'alaba qozonish qiyin bo'lyapti, yani duranglarimiz soni ko'payib ketdi. Buning sababini qidirishda davom etamiz. Xursand qilayotgan bir jihati, har doim bir jamoa bo'lib harakat qilyapmiz. Har o'yinda kimdir xato qilishi mumkin, ammo xatolar – futbolning bir bo'lagi.
- Bunday natijalarga jamoadagi ichki muhit ham tasir o'tkazmaydimi? Yaqinda klub sport direktori Islom Inomov ishdan ketdi. Shuningdek, rahbariyat va murabbiy o'zgarishi mumkinligi haqida gap-so'zlar mavjud.
- Ha, o'yindan avval shunday gap-so'zlar haqida eshitdik. Balki tashqaridan kimdir tasir o'tkazmoqchidir. Jamoa azosi sifatida shu narsaga 100 foiz aminmanki, murabbiylar shtabi va futbolchilar – bir jamoamiz. Shunaqa paytda birlashmasak, g'alaba qozonish yanada qiyinlashadi. Balki bu tasir qilayotgandir. Lekin futboldan tashqarida bo'layotgan ishlarga jiddiy qarash futbolchilarning vazifasi emas. Biz futbol o'ynashimiz, o'z o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Shundagina jamoaga yordam bergan bo'lamiz. Chunki bunday holatlar ko'p jamoalarda uchrab turadi. Bunday voqea-hodisalarga chalg'isak, o'z ishimizni esdan chiqarib qo'yishimiz mumkin.