Shveycariyalik futbolchi leverkuzenliklar safini tark etib, "Milan"ga o'tishi mumkin.
Granit Jaka 2023 yilning yozida "Arsenal"dan "Bayer"ga o'tgandi. U o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 7 ta golga hammualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 12 million evroni tashkil etadi.
Jaka 2023/24 yilgi mavsumda "Bayer" safida Germaniya chempioni bo'ldi.