- Jahon chempionati saralash bosqichidan keyingi jarayon qanday o'tyapti? Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz...
- Orzularimdan biriga erishdim. Aslida ikkitasiga desa ham bo'ladi. Sababi, Olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etish istagi amalga oshdi. Ikkinchi – jahon chempionati. Bundan juda xursandman. FIFA kunlaridan so'ng chempionatning navbatdagi tur o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yubordik. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz, g'alaba qozonishimizga to'sqinlik qildi.
- "Paxtakor" so'nggi o'yinlarda ketma-ket g'alaba qozonayotgandi. Seriyaga barham berilishiga raqibning qaysi jihatlari to'sqinlik qildi?
- Bunga faqat o'zimiz aybdormiz. Hujumlarni yakunlashda aniqlik etishmadi.
- Biroz mavzudan yiroqlashamiz. O'zbekiston yaqinda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu mavzu uzoq yillar davomida so'z ustalarining asosiy mavzularidan biriga aylangandi. Futbolchi sifatida buni qanday qabul qilardingiz va endigi munosabatingiz qanday?
- Ha, bu haqda eshitardik, tomosha qilardik. Menimcha, ularning mavzusiga nuqta qo'ydik deb o'ylayman. Endi bu mavzuga qaytilmasa kerak.