L’Equipe xabariga ko'ra, O'zbekiston milliy jamoasi hujumchisi nomi oshkor etilmagan MLS klubidan taklif olgan.
Qayd etilishicha, "Roma" Shomurodovning ketishiga tayyor. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Shomurodov o'tgan mavsum A Seriyada 27 ta o'yinda 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.