KO‘JCH. "Bavariya" "Oklend" darvozasini "ilma-teshik" qilib tashladi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2025 23:11
  • 63
  • 30

"Bavariya" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida "Oklend"ni yirik hisobda mag‘lub etdi - 10:0.

O‘yin AQSHning Sinuinnati shahridagi "TQL Stadium" arenasida bo‘lib o‘tdi.

Myunxenliklar safida Jamol Musiala uch marta, Kingsli Koman, Maykl Olise va Tomas Myuller ikkitadan gol urgan bo‘lsa, yana bir gol Sasha Boening hisobiga yozildi. "Bavariya" raqib darvozasiga 31 ta zarba yo‘lladi (17 tasi aniq), "Oklend" esa nemis jamoasi darvozasiga atigi bitta aniq zarba yo‘lladi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida "Bavariya" "Boka Xuniors"ga qarshi, "Oklend" esa "Benfika"ga qarshi bahs olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar