Myunxenning "Bavariya" klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi turida "Oklend Siti" bilan o‘ynamoqda. Hozircha birinchi bo‘lim yakuniga yetdi va Kompani shogirdlari raqib darvozasiga oltita gol urdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Kingsli Koman hisobni ochdi. 18-daqiqada Koman Sasha Boega assistentlik qildi. 20-daqiqada Maykl Olise hisobni yiriklashtirdi. 21-daqiqada Koman Olisening uzatmasidan dubl qayd etdi. 45-daqiqada Myuller Olisening uzatmasidan gol urgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim oxirida Maykl dubl qayd etdi.