Vadim Abramov: "Bu tashkilotning ichki ishi, ushbu ishlarni sizlar muhokama qilish va yozishlaringiz kerak"

  • Mr.NoBoDy 15.06.2025 23:40
  • 96
  • 30

Superliga 12-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Dinamo" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Kutilganidek bahs qiyin kechdi. "Xorazm" tajribali murabbiy va yaxshi shakllangan tarkibga ega. Raqib avvalgi o'yinlarni so'nggi daqiqalarda boy bergan edi. Ustiga ustak "Xorazm" tarkibida o'tgan mavsumlarda bizning safimizda bo'lgan yosh futbolchilar bor edi. "Validol"li o'yin bo'ldi. Muxlislarimizga ham rahmat. Biz xuddi Samarqandda o'ynagandek bo'ldik", - deya fikr bildirdi Vadim Abramov bugungi bahs haqida.


- Ikkinchi goldan so'ng Stanoevich va Maykonni maydonga tushirdingiz. Bundan maqsad hisobni ushlab qolish edi, ammo bunday uslub sizga xos emas. Sizga hisobni saqlab qolish uchun himoyalanishdan ko'ra 3:0 hisobida g'alaba qozonish yoki 0:3 hisobida mag'lub bo'lish maqulroq. Nega "Dinamo" bugun o'ziga xos bo'lmagan uslubda o'ynadi?

- 2:1 hisobida "Xorazm" juda qulay standart vaziyatlarga ega bo'ldi. Shu sababli tajribali futbolchilarni maydonga tushirdim. Agar gol o'tkazib yuborganimizda, g'alaba golini kiritishga vaqt etmasligi mumkin edi. Sababi shu. O'yin shunga majbur qildi.

- "Dinamo"ni yaqin ikki haftada to'rt uchrashuv kutib turibdi. Bu xuddi APLdagi "boksing dey" kabi. Ushbu zich taqvimga qanday reja tuzganmisiz?

- Ko'ramiz. O'ylaymanki, biz yaxshi zaxira o'rindig'iga egamiz. O'zingiz ko'rdingiz, bugun zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar ham o'yinni buzib qo'yishmadi. Futbol shunday o'yin. Bunday muammolar bilan barcha jamoalar to'qnash kelishadi.

- Qaysi raqibni alohida takidlab o'tishingiz mumkin? "Bunyodkor", "Qo'qon-1912", "Neftchi" va "Nasaf...

- Ha. Birinchi "Bunyodkor", keyin "Qo'qon-1912", uchinchi "Neftchi" va so'ngisi "Nasaf". Barchasi taqvim bo'yicha.

- PFL "Dinamo"ni shunchalik yaxshi ko'radiki, "Neftchi"ga qarshi uchrashuvni, "Qo'qon-1912" va "Nasaf"ga qarshi bahslar o'rtasiga belgilab berishdi. Bunday qarorning sababi nima deb o'ylaysiz? Jamoa rahbariyati bunday qarorlar haqida qanday fikrda?

- Bunday vaziyatlarni izohlash men uchun qiyin. Bizga Kubokdagi o'yinni ham o'tkazish taklifini berishni, biz esa ertaroq o'ynashga rozilik berdik. Bunday mayda narsalarga etibor bermaymiz. Vazifamiz futbol o'ynash. Bu tashkilotning ichki ishi, ushbu ishlarni sizlar muhokama qilish va yozishlaring kerak.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar