"Ko'k-anorranglilar" anchadan beri inglizga qiziqish bildirishmoqda, biroq endi o'tish ehtimoli pasaydi. "Barselona"da Reshfordning transferini hatto "B rejasi" deb ham hisoblashmayapti.
Kataloniya klubi Luis Dias ("Liverpul") va Niko Uilyams ("Atletik", Bilbao)ga tanlov qilmoqda, "Manchester Yunayted"ning 27 yoshli futbolchisi esa "arzon muqobil" sifatida ko'rsatilgan.
Mish-mishlarga ko'ra, Markus Reshfordning o'zi ham "Barselona"da o'ynashni juda xohlaydi. "Qizil iblislar" o'z tarbiyalanuvchisi uchun taxminan 40 mln evro talab qiladi.