"Ikki jamoa ham g'alaba qozonishni istadi. O'yinga kirishib ketishimiz biroz qiyin kechdi. Ayniqsa himoyada xatolarga yo'l qo'ydik. Shu sababli, "Neftchi" vaziyatlarga ega bo'ldi. O'zimiz ham vaziyatlar yaratdik. Ulardan foydalanishimiz kerak edi, xolos. O'yin ko'proq pozicion bo'ldi. Ikkinchi bo'limda hujumchimizning oyog'ini yirtib yuborishdi. O'sha vaziyatni takroran ko'rib chiqish kerak edi, nazarimda. O'yinga tuzgan rejamiz ish berdi, ammo biroz realizaciya etishmadi", - dedi Fevzi Davletov bugungi bahs yakunlangach.
- "Surxon" jamoasi yaxshi o'yin namoyish etdi. "Surxon" jamoasi nega ikkita hujumchi bilan o'ynamayapti?
- Hozirgi kunda yaxshi sport formasida bo'lib turgan birgina hujumchimiz bor. Haydarov biroz o'yindan tushib qolmoqda. U terma jamoaga ketayotgani uchun, o'z klubida etarlicha o'yin namoyish eta olmayapti. Shu sababli, ikkinchi hujumchimiz yo'q. Abdurahmonov juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Haydarov bizning talablarimizga javob berishi kerak. Haydarov optimal sport formasiga qayta olsa, biz ikkita hujumchi bilan o'ynashni boshlaymiz.
- "Surxon" keyingi turda G'uzorga safar uyushtiradi. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik rejasi qanday?
- Har bir o'yinga tayyorgarlik olib boramiz. Bizda bir haftalik tayyorgarlik rejasi bor. Hozir tiklanib olishimiz kerak. "Sho'rtan" kecha OKMK bilan durang o'ynadi. Safarda "Sho'rtan"ga va OKMKga qarshi ikkita jiddiy o'yin kutib turibdi. Har bir uchrashuvda jiddiy tayyorgarlik qo'ramiz. Eng muhimi futbolchilarni tiklab olishimiz kerak.
- Hujumchi jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning jarohati qanchalik jiddiy?
- Tez yordam xizmati unga yordam ko'rsatdi. Bir yoki ikki soatdan so'ng qanday tashxis qo'yilganini bilib olamiz. Bu esa Haydarovga yaxshi imkoniyat.
- O'ng qanotda muammolar bordek. Ushbu muammolarga echim qidirilmoqdami? Poyonov deyarli oldinga o'tmayapti.
- Abdusalomov sport formasini tiklamoqda. Doston Tursunovni ham kerakli pallada o'ng qanotda o'ynata olamiz. Jumaev ham o'ynay oladi. Rejalarimiz bor. O'ng qanotimiz aktivroq bo'lishi kerak.