"PSJ" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi turida "Atletiko"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Fabian Ruis 19-daqiqada Xvicha Kvarasxeliyaning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Vitinya birinchi bo‘lim oxirida Xvichaning golli uzatmasi bilan gol urdi.
Xulian Alvares 57-daqiqada gol urdi, ammo hujum boshida qo‘pollik ishlatgani uchun uning goli bekor qilindi. 78-daqiqada Klement Langle ikkinchi sariq kartochka olib maydondan chetlatildi. Sanni Meyulyu 87-daqiqada hisobni yiriklashtirdi. Li Kang In 97-daqiqada penaltini golga aylantirdi.