Markos Lorente Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati o'yinlaridagi ob-havo haqida:
"Ayni paytda, bu jaziramada o'ynashning iloji yo'q. Havo juda issiq. Oyoq barmoqlarim og'ridi. Men normal yugura olmadim".
"Matraschilar"ning boshqa o'yinchilari, jumladan, hujumchi Xulian Alvares muvaffaqiyatsizlikni "qiyin mag'lubiyat" deb atadi, ammo shu bilan hammasi tugamaganini qo'shimcha qildi. O'z navbatida, Rodrigo De Paul hamyurtiga shunday javob qaytardi:
"Ha, buni hammamiz bilamiz. Olg'a, Aranita, vamos".
15 iyundan 16 iyunga o'tar kechasi musobaqaning "B" guruhi 1-turidan o'rin olgan PSJ hamda "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi bahsda 4:0 hisobi qayd etildi. Gollarga Ruis, Vitinya, Mayulu va Li Kan In mualliflik qildi.