Alirizo Jahonbaxsh Eronga qilingan hujumlar haqida post qoldirdi.
13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronning harbiy va infratuzilma ob’ektlariga, jumladan, yadroviy ob’ektlariga yirik zarba berdi. Har ikki davlatning hujumlari hali ham davom etmoqda.
"Feyenoord" va "Brayton" klublari sharafini himoya qilgan "Xerenven" vingeri Eron manzaralari aks etgan videoni Instagram "storisi"ga joyladi.
"Agar Eron bo‘lmasa, men ham bo‘lmayman. Uzoq yasha, Eron," - deb yozdi Jahonbaxsh.