Dahshatli avtofalokatga uchragan Antonio etti oy deganda maydonga qaytdi

  • Mr.NoBoDy 17.06.2025 20:56
  • 84
  • 30

Futbolchi dekabr oyida og'ir YTXga uchragandi.

"Vest Xem"ning Antonio yo'l-transport hodisasida oyog'i singanidan so'ng birinchi bor maydonga tushdi. Hujumchi 7 oy o'yinlardan chetda qoldi. "Vest Xem" hujumchisi 7 dekabr kuni London atrofidi Ferrari mashinasi boshqaruvini yo'qotib, avtofalokatga uchragan edi. U oyog'i sinishi sababli jarrohlik amaliyotini o'tkazgan va taxminan bir yil davomida maydondan tashqarida qolishi kutilayotgan edi.

Antonio KONKAKAF kubogi doirasidagi Yamayka - Gvatemala (0:1) o'yinining 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. 35 yoshli yamaykalik hujumchi o'yinda samarali harakatlar ko'rsata olmadi.

Uning "Vest Xem" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар