"Chelsi" va Ukraina milliy terma jamoasi qanotchisi doping testidan ijobiy natija chiqqani sababli vaqtincha futboldan chetlashtirildi. Xabarlarga ko'ra, Mudrikda noyabr oyida milliy terma jamoa uchun o'yindan so'ng meldoniy moddasi aniqlangan - o'shandan beri u maydonga chiqmayapti.
"Biz Mixail Mudrikka Angliya Futbol Associaciyasining Antidoping reglamentining 3 va 4-bandlariga muvofiq doping qoidalarini buzganlik, shu jumladan taqiqlangan preparat mavjudligi yoki undan foydalanganlik aybi qo'yilganligini tasdiqlaymiz.
Ish ko'rib chiqilish jarayonida bo'lgani sababli, hozircha boshqa izohlar berishdan tiyilamiz," - deya takidladi Angliya Futbol Associaciyasi vakili.
Associaciyasi qoidalariga ko'ra, Mudrik 4 yilgacha muddatga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.