“Al Hilol“ “Milan“ futbolchisi bilan kelishuvga erishdi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 10:08
  • 30
  • 30

“Al Hilol“ yana bir top futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Saudiyaliklar “Milan“ himoyachisi Teo Ernandesni sotib olishga yaqin. Transfer narxi 30+5 million evro bo'ladi. Futbolchining o'zi bilan esa uch yillik shartnoma imzolanadi. Teo shu vaqt orasida yiliga 30 million evro maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, Teo Ernandes o'tgan mavsum 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 6 ta golli uzatma bor. Futbolchining “Milan“ bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.

Ўхшаш янгиликлар