Jamoalar bugungacha elita doirasida 14 marotaba uchrashishgan. O'zaro o'yinlarda kichik ustunlik mezbonlarda 6 g'alaba, mehmon jamoa esa 5 ta bahsda uch ochko qo'lga kiritgan. 3 ta o'yinda tomonlar durangga imzo chekkan. "Xorazm" oxirgi marotaba raqibini safarda 1999 yilgi mavsumda taslim qilgan bo'lib, bu jamoaning Jizzaxdagi yagona va oxirgi g'alabasi bo'lib turibdi. Hakim Fuzaylov shogirdlari 13-turda tarixiy natija qayd etishlari mumkin.
Superliga-1999
21.08.1999. 19-tur
"So'g'diyona" - "Xorazm" 2:6
Gollar: Shuhrat Jabborov, Shuhrat Jabborov - Arik Chechelnickiy, Stanislav Morgulis, Samad Narzikulov, Sergey Silin, Sergey Silin, Ulug'bek Usmondiyorov (avtogol)
Malumot uchun, "Xorazm" ayni paytda turnir jadvalida 14 ochko bilan 9-o'rinni, "So'g'diyona" esa 10 ochko bilan 14-o'rinni egallab turibdi. Jamoalar o'rtasidagi bahs 20:00da start oladi