Tramp "Yuventus" futbolchilari oldida AQSHga qonuniy kirish haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 13:44
  • 63
  • 30

Donald Tramp "Yuventus" bilan uchrashuvda AQSHga qonuniy kirish haqida gapirdi.

Turin jamoasi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi o‘yini oldidan Oq uyda AQSH prezidenti bilan uchrashdi.

"Odamlar (mamlakatga) qonuniy ravishda kelishi; kerak. Orqamdagi yigitlarga o‘xshab. Ular qonuniy ravishda kelishlari kerak. Qonuniy kelishsa - bizga kerak.

Ular Amerikani sevishlarini, mamlakatimizni sevishlarini aytishlari kerak. Agar ular buni aytolmasa - ular bizga kerak emas," - dedi Donald Tramp ortidagi amerikalik Ueston Makkenni va Timoti Vea, serbiyalik Dushan Vlaxovich, italiyalik Manuel Lokatelli kabi futbolchilarga ishora qilib.

Ўхшаш янгиликлар