"Al-Hilol" yulduzi: "Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik"

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 12:44
  • 45
  • 30

"Al-Hilol" yarim himoyachisi Ruben Nevesh klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Real" Madridga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Portugaliyalik futbolchining 41-daqiqada penaltidan urgan goli Simone Indzagi jamoasiga turnir favoritlaridan biriga qarshi kechgan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qolish imkonini berdi. Biroz oldinroq "qaymoqranglilar" safida Gonsalo Garsiya o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygandi.

"Biz dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lgan "Real" bilan durang o‘ynadik. O‘ylaymanki, bugun biz g‘alaba qozonish uchun kelganimizni ko‘rsatdik," - deya Neveshning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Ўхшаш янгиликлар