"Liverpul" shveciyalik hujumchi uchun 100 mln funt taklif qilmoqchi

  • Mr.NoBoDy 19.06.2025 15:24
  • 48
  • 30

"Liverpul" "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isakka qiziqish bildirmoqda.

"Qizillar" u uchun 100 mln funt va bonuslar ajratishga tayyor.

Qo'shimcha to'lovlarni hisobga olsak, potencial transfer summasi Leverkuzenning "Bayer" futbolchisi Florian Vircning narxidan oshib ketishi mumkin.

Agar "Liverpul" barcha bonuslarni (116 mln funt) to'lasa, shveciyalik forvard APL tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi. Kelishuv uchun mablag'ni Darvin Nunesning ehtimoliy sotilishidan olish rejalashtirilgan.

"Liverpul"dagilar Isakning transferi oson bo'lmasligini tushunadi – "Nyukasl" 25 yoshli shveciyalik uchun 150 mln funtdan ko'proq pul so'rashi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар