"Liverpul" himoyachisi Konstantinos Simikas 2025 yilgi "Oltin to‘p" uchun kurashda jamoadoshi Muhammad Salohni qo‘llab-quvvatladi.
"Saloh bu mukofotga hammadan ko‘proq loyiq. O‘tgan yillarda unga e’tibor berilmagani nohaqlik edi.
Balki bu "Real" va "Barselona"ning ustunligi tufaylidir yoki u Misr sharafini himoya qilgani uchundir. Afsuski, terma jamoa bilan uning e’tirofga erishish imkoniyati kamroq.
Biz chempionlikni qo‘lga kiritdik, u gollar va golli uzatmalar bo‘yicha eng zo‘r edi. Premyer-ligada 47 ta golli harakat - aql bovar qilmaydigan narsa.
Shunga qaramay, u hatto eng yaxshi 30 talikka kiritilmagan - bu bema’nilik", - dedi Simikas Sport24.gr nashriga.