Qozog'istonlik deputat: "Qozog'iston o'z kamchiliklari ustida ishlashi va boshqalarning muvaffaqiyatidan sabab izlamasligi kerak"

  • Mr.NoBoDy 20.06.2025 12:48
  • 57
  • 30

Qozog'istonlik siyosatchi, parlament deputati, "Respublika" frakciyasi rahbari Aydarbek Xo'janazarov Sports24.kz portaliga bergan intervyusida O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati final bosqichiga chiqqani haqida gapirdi.

"Qozog'iston o'z kamchiliklari ustida ishlashi va boshqalarning muvaffaqiyatidan sabab izlamasligi kerak. Ko'pincha "O'zbekiston chiqdi, nega biz bunga erisha olmadik?", deyishadi.

Bir necha yil avval atigi 500 ming kishi istiqomat qiladigan Islandiya Evropa chempionatiga yo'llanma olganini eslaylik. Bizda bitta tumanda butun Islandiyadagidan ko'proq odam yashaydi. Bizda ob-havo ham ularnikidan yaxshiroq. Biroq natija yo'q. Kimgadir qarashdan foyda yo'q", – dedi Xo'janazarov.

Avvalroq Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qaev Ostona shahrida o'tkazilgan "Markaziy Osiyo — Xitoy" sammiti doirasida ishtirokchi davlatlar rahbarlari nomidan O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevni O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga yo'l olgani bilan tabriklagan edi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar