Ernan Krespo “San-Paulu” bosh murabbiyi lavozimiga qaytdi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2026 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan, deya xabar bermoqda Braziliya klubi matbuot xizmati.
49 yoshli mutaxassis bungacha “San-Paulu”da ishlagan va 2021 yilda ushbu jamoa bilan shtat chempionligini qo'lga kiritgan. "San-Paulu"ni tark etgach, Ernan Qatarning "Al Duhayl" va BAAning "Al-Ayn" jamoalarini boshqargan.
Braziliya A Seriyasining 12-turidan so'ng "San-Paulu" turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
Krespo futbolchi sifatida "River Pleyt", "Parma", "Lacio", "Inter", "Chelsi", "Milan", "Jenoa" va Argentina terma jamoasidagi o'yinlari bilan nom qozongan.