"Botafogo" "PSJ" va "Atletiko" o‘rin olgan guruhdan chiqishi uchun 1 ochko kerak

  • Mr.NoBoDy 20.06.2025 11:55
  • 48
  • 30

"Botafogo" 2-turdan so‘ng 6 ochko bilan B guruhida peshqadamga aylandi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 2-turida Braziliya jamoasi "PSJ"ni (1:0) mag‘lub etgan bo‘lsa, "Atletiko" "Sietl Saunders"ni (3:1) dog‘da qoldirdi.

"Botafogo" 2 o‘yinda 6 ochko bilan guruh peshqadamligini qo‘lga oldi. "PSJ" 3 ochko bilan ikkinchi, "Atletiko" uchinchi o‘rinda bormoqda. "Sietl"da ochko yo‘q.

Braziliya klubi 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun so‘nggi turda madridliklar bilan durang o‘ynashi kifoya.

Agar "Botafogo" "Atletiko"ga yutqazsa, "PSJ" "Sietl"ni mag‘lub etsa, uch jamoada 6 tadan ochko bo‘ladi. Reglamentga ko‘ra, birinchi mezon uchta da’vogar o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlardagi ochkolar soni, ikkinchisi - ularning o‘zlaridagi to‘plar farqi bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar