Amorim Reshfordga chiqish eshigini ko'rsatmoqda: MYU uni "Real"ga taklif qildi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2025 18:24
  • 36
  • 30

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford klubni tark etishi mumkin – jamoa rahbariyati uni "Real"ga taklif qildi.

Bu haqda "Defensa Central" yozmoqda. 

Manbaga ko'ra, "Manchester Yunayted" 27 yoshli hujumchi uchun taxminan 40 mln evro olmoqchi. Biroq hujumchi qidirayotganiga qaramay, ispan klubi bu taklifga qiziqmayapti. "Real" Xoseluga o'xshash o'yinchini qidirmoqda, Reshford esa bu profilga to'g'ri kelmaydi.

Qayd etilishicha, "Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim Reshfordni boshlang'ich tarkibga kiritishni rejalashtirmayapti, ehtimoliy sotuv sabablaridan biri ham aynan shu. 

Angliyalik futbolchiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda, ammo kataloniyaliklar talab qilinayotgan narxni to'lolmaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar