Superliga. "Neftchi" "Buxoro" ustidan qiyin g'alabaga erishdi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2025 22:08
  • 39
  • 30

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 13-tur

"Neftchi" – "Buxoro" 1:0 

Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 20:00

Hakamlar: Doston RahmonovShohnur Yo'ldoshev, Sardor UmurzoqovAsadbek Qosimjonov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Maksim Nexochin

Komissar: Shohruh Said

Gol: Yovan Jokich 89, - 1:0 (Muhsin Ubaydullaev). 

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev (24.G'ulomhaydar G'ulomov, 80), 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov (17.Muhammadali G'iyosov, 53), 11.Quvondiq Ro'ziev (23.Yovan Jokich, 68), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze, 77.Bilolxon Toshmirzaev (8.Vladimir Yovovich, 80).

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 9.Shohruh Gadoev, 14.Jamshid Boltaboev, 30.Omadillo Abdubannobov, 33.Shohruhbek Yoqubjonov.

"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Izzatillo Po'latov (4.Javohir O'tamurodov, 90+2), 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullaev (19.Bilol Tupliev, 53), 17.Javohir Ro'ziev (33.Yosip Tomashevich, 90+2), 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 88.Dominik Begich (10.Shohruz Norxonov, 71), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo'rabekov (77.Asilbek Qayyumov, 71).

Zaxira: 21.Otabek Boymurodov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 8.Anvar Jo'raev, 23.Azamat Shomurodov, .

Ogohlantirishlar: Javohir Ro'ziev 45+1, Asilbek Qayyumov 84, 

Chetlatish: Ulug'bek Bakaev 90+5 ("Buxoro" bosh murabbiyi).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+10. Uchrashuv yakunlandi. "Neftchi" - "Buxoro" 1:0

90+5. CHETLATISH! "Buxoro" ustozi Ulug'bek Bakaevga qizil kartochka ko'rsatildi

90+4. UXX! Ibrohimhalil Yo'ldoshev Qulmatov bilan to'qnashuvda yuzidan jarohat oldi, qon oqmoqda. Bu orada Tabatadze va Kolakovich janjallashib ketishdi. Maydonda katta ishkal

90+2. O'zgarishlar. "Buxoro". Ro'ziev va Po'latov o'rniga O'tamurodov va Tomashevich tushdi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

89. GOL! O'ng qanotdan Ubaydullaev uzatgan to'pni Yovan Jokich boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. 

88. UXXX! ZARBALAR! "Neftchi"ning xavfli hujumi, Yovovich to'pga ulgarmadi, Abdullaev to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Yo'ldoshev darvozaga yo'lladi, bu safar Kolakovich to'pni qaytardi! 

84. Ogohlantirish. "Buxoro". Asilbek Qayyumov

80. O'zgarishlar. "Neftchi". Aliboev va Toshmirzaev o'rniga G'ulomov va Yovovich tushdi

79. ZARBA! Ibrohimhalil Yo'ldoshevning zarbasi noaniq chiqdi

78. Bilolxon Toshmirzaev jarohat oldi. U o'yinni davom ettira olmaydi shekilli

71. O'zgarishlar. "Buxoro". Begich va Jo'rabekov o'rniga Norxonov va Qayyumov tushdi

68. O'zgarish. "Neftchi". Quvondiq Ro'ziev o'rniga Jokich tushdi

58. UXX! "Neftchi" himoyasida parokandalik. G'ofurov to'pni darvozabonga oshirdi, bu vaziyatda buxorolik futbolchi to'pga tashlandi va Botirali to'pni o'tkazib yubordi, Ubaydullev jamoasini goldan qutqarib qoldi

57. Zarba. Jarima zarbasini Toshmirzaev amalga oshirdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi

53. O'zgarish. "Neftchi". Iskanderov o'rniga G'iyosov tushdi

53. O'zgarish. "Buxoro". Xayrullaev o'rniga Tupliev tushdi

49. ZARBAAA! Abror Ismoilovning jarima maydoni ichidan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Abdullaev to'pni qiyinchilik bilan qaytardi! 

45. Ikkinchi taym boshlandi



45+2. Tanaffus, hozircha 0:0

45+1. Ogohlantirish. "Buxoro". Javohir Ro'ziev

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi.

44. Birinchi taymda "Buxoro"ning rejalari to'liq o'zini oqladi. "Neftchi" esa golga tortadigan aytarli vaziyat yarata olmadi.

39. Zarba! Uzoqdan Ravshan Xayrullaev zarba berdi, Botirali Ergashev to'pni qaytardi.

30. ZARBA! Ibrohimhalil Yo'ldoshevning zarbasini Shirinboy Abdullaev qaytardi, qaytgan to'pga Toma Tabatadze eta olmadi. 

27. Havo issiq bo'lgani uchun futbolchilar suv ichib olishlari uchun 1 daqiqalik tanaffus berildi

26. "Buxoro"ning qarshi hujumi, Chiryak to'pni o'z jarima maydoni yonida qabul qildi va oldinga o'tdi, Xayrullaev bilan "devor" o'ynadi va Chiryakning o'zi o'ng qanotdagi Shahboz Jo'rabekovga to'pni uzatdi, Jo'rabekovning zarbasi noaniq ketdi!

24. "Neftchi" hujumi, Abror Ismoilovning zarbasi noaniq ketdi

13. Ikrom Aliboev jarohat oldi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishdi

10. Tashabbus "Neftchi"da, lekin golga tortadigan vaziyatlar yo'q.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar