Jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, Liga 1 klubi 29 yoshli darvozabonning ehtimoliy transferi bo'yicha dastlabki so'rov yuborgan. Tomonlar kelisha olishsa, Onana Monakoga yo'l oladi.
Agar Onana ketsa, "Manchester Yunayted" "Atalanta"ning 24 yoshli darvozaboni Marko Karnezekkini sotib olishi mumkin.
Karnezekki vakillari bilan dastlabki aloqalar o'rnatilgan, biroq Bergamo klubi bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar hali olib borilmagan.
Takidlanishicha, "Atalanta" Karnezekkini jiddiy moliyaviy taklifsiz qo'yib yuborishga rozi bo'lmasligi mumkin.
Marko A Seriyasining 2024/25 mavsumida 34 ta o'yin o'tkazdi (shundan 13 tasi quruq o'yin). Andre APLda 34 o'yindan 9 tasini "quruq" o'tkazgan.