KO‘JCH. 1-turda stadionlarning muxlislar bilan to‘lishi 57 foizga teng bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2025 21:11
  • 30
  • 30

AQSHda o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati katta ko‘lamli va balandparvoz targ‘ibotga qaramasdan, tashvishli statistikaga duch keldi. BBC xabar berishicha, musobaqaning birinchi tur uchrashuvlari stadionlar muxlislar bilan o‘rtacha to‘ldirilishi bo‘yicha ko‘rsatkich 56,8% ni tashkil qildi.

Turnirning 16 ta start uchrashuvidan faqat 8 tasida stadionlarning yarmidan ko‘prog‘i to‘lgan. Jami 979 373 tomoshabinga mo‘ljallangan to‘qqizta arenani 16 ta o‘yinda 556 369 kishi tashrif buyurdi — bu degani, 400 mingdan ziyod o‘rindiqlar bo‘sh qoldi.

Stadion to‘ldirilishi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Mayamidagi «Real» va «Al-Hilol» (1:1) o‘rtasidagi uchrashuvga to‘g‘ri keldi — 62 415 tomoshabin, bu arenaning 96% to‘lishini anglatadi.

Eng ko‘p tomoshabin yig‘ilgan o‘yin esa Pasadenadagi «PSJ» — «Atletiko» (4:0) bahsi bo‘ldi, ushbu o‘yinni 80 619 kishi stadiondan kuzatdi.

Shu bilan birga, ayrim uchrashuvlar deyarli tomoshabinsiz o‘tdi. Antirekord «Ulsan Xyonde» — «Mamelodi Sandaunz» o‘yiniga to‘g‘ri keldi: Orlandoda o‘tgan bahsga faqat 3 412 muxlis tashrif buyurdi, bu stadion to‘lishining atigi 13,6% ni tashkil etdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar