Simeone Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi asosiy muammoni tilga oldi

  • Mr.NoBoDy 20.06.2025 21:22
  • 36
  • 30

"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasi "Sietl Sauenders" ustidan (3:1) qozongan g‘alabadan so‘ng Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida turnir tashkilotchilariga nisbatan e’tiroz bildirdi.

Argentinalik mutaxassis futbolchilar va murabbiylar shtabi uchun qo‘shimcha noqulayliklar tug‘dirayotgan holat — kiyinish xonasining maydondan juda uzoq joylashganini tanqid qildi.

"Biz kiyinish xonasiga yetib borguncha hakamning so‘nggi hushtagidan to‘rt yoki besh daqiqa o‘tdi. Bu vaqt mobaynida biz maydondan to kiyinish xonasigacha piyoda yurdik. Bunday holat barcha jamoalarda takrorlanishini aniq bilaman. Keyin esa murabbiylarni kechikish uchun jarimaga tortishadi. Men odamlar bu kechikishlar qayerdan paydo bo‘layotganini tushunib yetishlarini istayman", — dedi Simeone Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Ta’kidlash joiz, bunday muammo ilgari ham qayd etilgan — xususan, 2024 yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan Amerika Kubogida. O‘shanda Argentina, Urugvay, Chili va Venesuela terma jamoalari bosh murabbiylari maydonga o‘z vaqtida chiqmagani uchun jazoga tortilgan edi.

KONMEBOL rahbariyati esa murabbiylarning shikoyatlariga qaramay, stadionlarning me’moriy xususiyatlari kechikishlar uchun bahona bo‘la olmasligini ta’kidlagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar