Superliga, 13-tur
"Neftchi" – "Buxoro" 1:0
Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 20:00
Hakamlar: Doston Rahmonov, Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umurzoqov, Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Timur Galeev
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Maksim Nexochin
Komissar: Shohruh Said
Gol: Yovan Jokich 89, - 1:0 (Muhsin Ubaydullaev).
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev (24.G'ulomhaydar G'ulomov, 80), 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abrorbek Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov (17.Muhammadali G'iyosov, 53), 11.Quvondiq Ro'ziev (23.Yovan Jokich, 68), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Toma Tabatadze, 77.Bilolxon Toshmirzaev (8.Vladimir Yovovich, 80).
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 9.Shohruh Gadoev, 14.Jamshid Boltaboev, 30.Omadillo Abdubannobov, 33.Shohruhbek Yoqubjonov.
"Buxoro": 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Izzatillo Po'latov (4.Javohir O'tamurodov, 90+2), 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullaev (19.Bilol Tupliev, 53), 17.Javohir Ro'ziev (33.Yosip Tomashevich, 90+2), 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 88.Dominik Begich (10.Shohruz Norxonov, 71), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich, 97.Shahboz Jo'rabekov (77.Asilbek Qayyumov, 71).
Zaxira: 21.Otabek Boymurodov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 8.Anvar Jo'raev, 23.Azamat Shomurodov, .
Ogohlantirishlar: Javohir Ro'ziev 45+1, Asilbek Qayyumov 84,
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90+2. O'zgarishlar. "Buxoro". Ro'ziev va Po'latov o'rniga O'tamurodov va Tomashevich tushdi
90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi
89. GOL! O'ng qanotdan Ubaydullaev uzatgan to'pni Yovan Jokich boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0.
88. UXXX! ZARBALAR! "Neftchi"ning xavfli hujumi, Yovovich to'pga ulgarmadi, Abdullaev to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Yo'ldoshev darvozaga yo'lladi, bu safar Kolakovich to'pni qaytardi!
84. Ogohlantirish. "Buxoro". Asilbek Qayyumov
80. O'zgarishlar. "Neftchi". Aliboev va Toshmirzaev o'rniga G'ulomov va Yovovich tushdi
79. ZARBA! Ibrohimhalil Yo'ldoshevning zarbasi noaniq chiqdi
78. Bilolxon Toshmirzaev jarohat oldi. U o'yinni davom ettira olmaydi shekilli
71. O'zgarishlar. "Buxoro". Begich va Jo'rabekov o'rniga Norxonov va Qayyumov tushdi
68. O'zgarish. "Neftchi". Quvondiq Ro'ziev o'rniga Jokich tushdi
58. UXX! "Neftchi" himoyasida parokandalik. G'ofurov to'pni darvozabonga oshirdi, bu vaziyatda buxorolik futbolchi to'pga tashlandi va Botirali to'pni o'tkazib yubordi, Ubaydullev jamoasini goldan qutqarib qoldi
57. Zarba. Jarima zarbasini Toshmirzaev amalga oshirdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi
53. O'zgarish. "Neftchi". Iskanderov o'rniga G'iyosov tushdi
53. O'zgarish. "Buxoro". Xayrullaev o'rniga Tupliev tushdi
49. ZARBAAA! Abror Ismoilovning jarima maydoni ichidan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Abdullaev to'pni qiyinchilik bilan qaytardi!
45. Ikkinchi taym boshlandi
45+2. Tanaffus, hozircha 0:0
45+1. Ogohlantirish. "Buxoro". Javohir Ro'ziev
45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi.
44. Birinchi taymda "Buxoro"ning rejalari to'liq o'zini oqladi. "Neftchi" esa golga tortadigan aytarli vaziyat yarata olmadi.
39. Zarba! Uzoqdan Ravshan Xayrullaev zarba berdi, Botirali Ergashev to'pni qaytardi.
30. ZARBA! Ibrohimhalil Yo'ldoshevning zarbasini Shirinboy Abdullaev qaytardi, qaytgan to'pga Toma Tabatadze eta olmadi.
27. Havo issiq bo'lgani uchun futbolchilar suv ichib olishlari uchun 1 daqiqalik tanaffus berildi
26. "Buxoro"ning qarshi hujumi, Chiryak to'pni o'z jarima maydoni yonida qabul qildi va oldinga o'tdi, Xayrullaev bilan "devor" o'ynadi va Chiryakning o'zi o'ng qanotdagi Shahboz Jo'rabekovga to'pni uzatdi, Jo'rabekovning zarbasi noaniq ketdi!
24. "Neftchi" hujumi, Abror Ismoilovning zarbasi noaniq ketdi
13. Ikrom Aliboev jarohat oldi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishdi
10. Tashabbus "Neftchi"da, lekin golga tortadigan vaziyatlar yo'q.
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.