ESPN malumotiga ko'ra, "Barselona" yarim himoyachisiga Saudiya Arabistoni mamlakati klublari qiziqish bildirmoqda. Aynan qaysi klub Ferminga qiziqish bildirayotgani malum emas. Shuningdek, 22 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini "Bavariya" ham ko'rib chiqmoqda, bu haqda avvalroq xabar berilgandi.
Kataloniya klubi va futbolchining o'zi hozircha transferga qiziqish bildirmayapti va hamkorlikni davom ettirish niyatida.
O'tgan mavsumda Lopes La Ligada 28 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.