Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati "C" guruhi 2-tur doirasidagi «Benfika» va «Oklend Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Orlando shahrida noqulay ob-havo sababli to‘xtatildi. Jamoalar ikkinchi taymni boshlashi kerak edi, ammo ob-havo sharoiti yomonlashgani bois uning start vaqti keyinga qoldirildi.
Portugaliyaliklar birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Anxel Di Mariya tomonidan urilgan gol evaziga kichik hisobda oldinda borishayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 19 iyun, payshanba kuni ham xuddi shunday holat kuzatilgan — Nyu-Jersi shtatida joylashgan Ist-Raterforddagi «Palmeyras» — «Al-Ahli» o‘yini 40 daqiqaga to‘xtatilgan edi.