"Manchester Siti" o'yinchisi yangi klubi bilan kelishuvga erishdi

  • Mr.NoBoDy 21.06.2025 11:24
  • 48
  • 30

Ilkay Gyundogan "Galatasaroy"ga o'tishga rozi bo'ldi.

Yarim himoyachi va turk klubi allaqachon shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Ammo, bu transferni uzil-kesil hal qilish uchun etarli emas.

"Manchester Siti" futbolchisi hali "Galatasaroy" bosh murabbiyi Okan Buruk bilan muzokara o'tkazishi kerak, shundan keyingina klublar kelishuvga erishadi. Hozirda Gyundogan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Avvalroq, "Siti" 34 yoshli futbolchini tekinga qo'yib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ilkayning shartnomasi tugashiga bir yil qoldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar