Istanbul jamoasi Eldor Shomurodovning transferi uchun 7 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'zi bilan esa 3 yillik shartnoma imzolashni reja qilishgan.
Avvalroq, Eldorning o'zi ham Turkiyaga yo'l olishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2021 yildan beri Italiya A Seriyasida faoliyat olib bormoqda. U shu vaqt orasida “Jenoa“, “Roma“, “Speciya“ va “Kalyari“ jamoalarida to'p surdi. 29 yoshli hujumchi A Seriyada jami 119 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.