Messi «Inter Mayami»dagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • Mr.NoBoDy 21.06.2025 12:22
  • 51
  • 30

"Inter Mayami"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzolaydi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli Messining "Inter Mayami" bilan shartnomasini uzaytirish yakuniy bosqichda turibdi. Ta’kidlanishicha, yangi kelishuv 2026 yil dekabriga qadar mo‘ljallangan.

Messi 2023 yilda Amerika klubi futbolchisiga aylandi va ikki yarim yillik mehnat shartnomasini imzoladi.

Messi joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar