OKMK 6 yildan buyon Namangandan g'alabasiz qaytmoqda. Lushchan va Qosimov duelida kim g'olib chiqadi?

  • Mr.NoBoDy 21.06.2025 14:24
  • 42
  • 30

Bugun Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Navbahor" - OKMK uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Jamoalar shu kunga qadar chempionat doirasida 34 marotaba uchrashishgan bo'lib, bu o'yinlarda olmaliqliklar 14 bor 3 ochkolik bo'lishgan. 9 ta o'yinda "lochinlar" qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 ta uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. Namanganda kechgan 17 bahsning 5 tasida mezbonlar, 4 tasida OKMK ustunlikka erishgan. 8 ta bellashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. 

OKMK oxirgi bor "Navbahor" ustidan mehmonda 2019 yil zafar quchgan, keyingi 5 qarama-qarshilikning 4 tasida g'olib aniqlanmagan, 1 tasida esa maydon egalari bayram qilgan. 


Superliga, 16-tur.

10 avgust (shanba)

"Navbahor" - AGMK 0:1

Namangan shahri, "Markaziy" stadion. 7215 tomoshabin

Gollar: Zafar Polvonov (42)

Hakamlar: Aziz Asimov, Ruslan Serazetdtinov, Aleksandr Sidorov, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Navbahor" — 1.O'tkir Yusupov, 7.Azim Ahmedov, 8.Shahzod Shaymanov (70.Abbos G'ulomov, 46), 9.Ivan Solovyov, 10.Aziz Turg'unboev (4.Aziz Ibragimov, 80), 11.Aleksandr Kasyan (91.Sherzod Hakimov, 65), 15.Obid Jo'raboev, 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 66.Ilhom  Alijonov, 99.Amirbek Jo'raboev.

AGMK — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal Shorahmedov, 88.Igor Zonich, 77.Vladislav Kasminin (44.Bobur Yuldoshev, 38), 33.Sardor Rahmonov - 3.Erkin Baydullaev, 5.Dilshod Jo'raev, 7.Elguja Grigalashvili (30.Jasur Umarov, 61) - 97.Jasur Yaxshiboev (20.Mirg'iyos Sulaymonov, 75), 9.Zafar Polvonov, 8.Sanat Shixov.

Ogohlantirishlar: M.G'ofurov (80), A.Ahmedov (83) – V.Kasminin (18), B. Yo'ldoshev (52).


Lushchan-Qosimov duelida kim g'olib chiqadi? Taxminlaringizni izohlarda qoldiring.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar