Mavsumdagi eng yaxshi o'rtacha tomoshabinlar reytingi elon qilindi, Janubiy Amerika etakchi, "Barselona" 35-o'rinda

  • Mr.NoBoDy 21.06.2025 17:56
  • 36
  • 30

O'zbekiston klublari orasida "Navbahor" etakchi bo'lib, Ispaniyaning "Xetafe" jamoasi bilan yonma-yon joylashgan.

2024/2025 yilgi mavsum davomida stadionlarga o'rtacha tashrif buyurgan tomoshabinlar reytingi elon qilindi.

Unga ko'ra, Argentinaning "River Pleyt" klubini qo'llab-quvvatlash uchun "Monumental" stadioniga mavsum davomida o'rtacha 84782 tomoshabin tashrif buyurgan holda eng yaxshi natijani qayd etdi.

Kuchli uchlikdan Germaniyaning ikki klubi "Borussiya Dortmund" (81365) va "Bavariya" (75000) o'rin olgan.

Kataloniyaning "Barselona" klubini qo'llab-quvvatlash uchun jamoaning vaqtinchalik o'tkazayotgan stadioniga o'rtacha 45953 muxlis kelgan va ular 35-o'rinni egallagan.

O'zbekiston klublari orasida "Navbahor" etakchi bo'lib, o'rtacha 11467 tomoshabin bilan 319-o'rindan joy olgan. Namangan jamoasidan bir pog'ona oldinda Ispaniya La Ligasi ishtirokchisi "Xetafe" (11469) joylashgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar