"Yuventus" va Fransiya terma jamoasi Mishel Platinini yubiley bilan tabrikladi.
Bugun uch karra "Oltin to‘p" sohibi 70 yoshga to‘ldi.
"Qirol Mishel" 70 yoshda! Tug‘ilgan kuning bilan, Fransiya futboli afsonasi," - deb yozadi futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi ijtimoiy tarmog‘ida.
"Shunchaki qirol! Tug‘ilgan kuning bilan, Mishel," - deyiladi "Yuventus" xabarida.
Platini futbolchi sifatida Fransiya terma jamoasi safida 72 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urgan. U Yevro-1984 jamoasi bilan g‘olib chiqdi.
Mishel Turin klubi safida 1982 yildan 1987 yilgacha o‘ynagan va 7 ta sovrin, jumladan, Yevropa chempionlar kubogi va ikkita skudettoni qo‘lga kiritgan.
"Nansi" va "Sent-Etyen" klublarining sobiq futbolchisi nafaqaga chiqqanidan so‘ng 2007 yildan 2015 yilgacha UEFA prezidenti bo‘lgan.